Blog UZ
O‘zbekistondan Germaniyaga 2026-yilgi ishchi vizasi: hujjatlarni tarjima qilish va legallashtirish
      <description>2026-yilda O‘zbekistondan Germaniyaga ishchi viza olish uchun hujjatlarni tayyorlash, ularga apostil qo‘ydirish va notarial tasdiqlatish bo‘yicha qadam-baqadam yo‘riqnoma.</description>
Xorijlik bilan nikoh: Pasportdagi ism-sharif (F.I.Sh.) farqi tufayli rad etilishining oldini olish (Turkiya, Xitoy, Yevropa uchun)
      <description>Turkiya, Xitoy va Yevropada nikoh tuzish uchun ma'lumotnoma olish sirlari. Xorijga chiqish pasporti va FHDYo hujjatlaridagi harf (ism-sharif) farqini qanday to'g'irlash bo'yicha yo'riqnoma va ariza namunasi.</description>